PSJ Barkola bo‘yicha yakuniy qarorni qabul qildi

  • 15.06.2026 08:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Pari Sen-Jermen" rahbariyati jamoadagi holatidan norozi bo‘lib, ketishni mo‘ljallab yurgan Bredli Barkolani yaqin yillarda sotishni rejalashtirayotgani yo‘q. 

So‘nggi haftalarda 23 yoshli futbolchi atrofida turli xabarlar ko‘paygan, uning nomini "Liverpul", "Arsenal", "Barselona" va yana bir qator yetakchi klublar bilan bog‘lashgan edi.

Jurnalist Florian Plettenberg ma’lumotiga ko‘ra, parijliklar Barkola transferi bo‘yicha har qanday taklifni yopiq deb hisoblamoqda. Klub rahbariyati uni jamoaning eng muhim futbolchilaridan biri sifatida ko‘radi va shu bois yozgi transfer oynasidan qat’i nazar, fransiyalik vingerga narx belgilashni ham rejalashtirmayapti.

Bredli Barkola o‘tgan mavsumda PSJ tarkibida 49 o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!