PSJ "Bavariya" yulduzini sotib olishni ko‘zlamoqda
"Bavariya" futbolchisi Maykl Olise faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqida insayder Ekrem Konur xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, Parij klubi Olise uchun myunxenliklarga yozda 100 million evrolik taklif jo‘natishni rejalashtirmoqda. Lekin "Bavariya" vingerni saqlab qolish niyatida va unga yangi shartnoma taklif qilmoqchi.
Frantsiyalik futbolchining Germaniya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha amal qiladi. Uning hozirda transfer bozoridagi narxi 130 million evroga baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 24 yoshli vinger joriy mavsum Myunxen klubi safida 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol kiritdi va 21 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Fikrlar