PSJ Gaviga qiziqmoqda. Bunga "Barsa"ning munosabati qanday?

  • 16.02.2024 17:11
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" Gavini sotish niyatida emas. 

Kecha bir qator manbalarda PSJ "ko‘k-anorranglilar" yarim himoyachisi Gaviga qiziqayotgani haqida xabarlar chiqa boshladi. 

"Barsa" rahbariyati, parijliklarning futbolchiga qiziqishi borasida hech narsa deya olmaydi. Bu borada biror rasmiy aloqalar yoki taklif bo‘lmagani haqida "Marca" nashri xabar bermoqda. 

Bundan tashqari, Gavining Kataloniya grandiga sodiqligi barchaga ayon. 

O‘tgan yilning sentyabr oyida yosh xavbek shartnomasini 2026 yilning iyuniga qadar uzaytirdi. Uning tovon puli - bir milliard evroni tashkil etadi. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!