PSJ Grizmannga qiziqish bildirmayapti
Madridning "Atletiko" klubidan ketishini e’lon qilgan Antuan Grizmann uchun PSJ kurash olib borayotgani haqida xabar bergandik.
RMC Sport nashrining xabar berishicha, parijliklar futbolchining agentlari bilan muzokaralar olib borayotganlari yo‘q va buni rejalashtirishmayapti.
PSJ Grizmanning La Ligada qolishini va faoliyatini "Barselona"da davom ettirish xohishi borligini juda yaxshi bilishadi. Shu sababdan ham "qizil-ko‘klar" himoya chizig‘ini kuchaytirish borasida transferlarni amalga oshirishmoqchi.

Fikrlar