PSJ hujumchisi faoliyatini Madrid klubi safida davom ettirishi mumkin
PSJ hujumchisi Gonsalu Ramush faoliyatini La Liga jamoasida davom ettirishi mumkin. Bu haqida jurnalist Matteo Moretto ma'lum qildi.
Manbada berilgan ma'lumotga ko‘ra, portugaliyalik futbolchini ayni vaqtda Madriddning "Atletiko" klubi o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda. "Matraschilar" rahbariyatining fikricha, forvard jamoaga kelsa hujum chizig‘ida muammo bo‘lmaydi deb hisoblaydi.
24 yoshli futbolchining hozirda transfer bozoridagi narxi 35 million yevroga baholanmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Ramush joriy mavsum parijliklar safida 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol va 1 ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar