PSJ Ikardini 70 mln evro evaziga sotib oladi. Transfer bugun e’lon qilinadi

  • 2 sentabr, 2019, 15:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Milanning “Inter” klubi forvardi Mauro Ikardi PSJga o‘tishga juda yaqin turibdi.

Tecno

Italiyalik jurnalist Janluki Di Martsioning xabar berishicha klublar 26 yoshli argentinalik futbolchining transferi masalasida o‘zaro kelishuvga erishishgan. Unga ko‘ra Frantsiya chempioni Ikardi uchun “neradzurrilar”ga 65 mln evro hamda unga qo‘shimcha yana 5 mln evro, jami 70 mln evro to‘laydi.

Ikardi Parijda tibbiy ko‘rikdan o‘tishi bilan ushbu transfer rasman e’lon qilinadi. U ayni damda Parij tomon yo‘lga chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, bugun Evropada yozgi transferlar oynasi rasman yopiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ravshan Tursunov
02/09/2019 15:37
Спорт Экспресс Шомуродов хақида яхши материал тайёрлабди. Таржима қилинглар

https://m.sport-express.ru/football/rfpl/reviews/napadayuschiy-rostova-eldor-shomurodov-oformil-dubl-v-matche-8-go-tura-rpl-s-lokomotivom-2-1-i-vozglavil-bombardirskuyu-gonku-chempionata-rossii-1581677/