PSJ Ikardini ijaraga olmoqchi

  • 02.09.2019 09:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Milanning “Inter” klubi forvardi Mauro Ikardi hamon PSJning qiziqishlar markazida bo‘lib turibdi.

Sky Sport Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Frantsiya chempioni 26 yoshli argentinalik futbolchini joriy mavsum yakuniga qadar ijaraga olmoqchi. Klublar ayni damda ijara muddati yakunlangach sotib olish huquqini qo‘shish yoki qo‘shmaslik masalasini muhokama qilishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Ikardini “Atletiko” hamda “Valensiya” klublari ham ijaraga olmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!