PSJ kambek qayd etib, 2-o‘rnini saqlab qoldi

  • 18 aprel, 2021, 18:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya birinchi divizionining 33-turi doirasidagi PSJ - "Sent-Eten" bahsi o‘z yakuniga etdi. Unda parijliklar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. 

Dastlab, 78-daqiqada Buanga mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Keyin esa, 79- va 87-daqiqalarda Mbappe ikkita gol urishga erishdi. Hakam tomonidan o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda Romen Amuma yana muvozanatni tikladi. 

Uchrashuv yakunlanishi arafasida esa, Di Mariya uzatgan to‘pni Mauro Ikardi raqib darvozasiga joylab qo‘ydi. 

G‘alabaga erishgan parijliklar ochkolari sonini 69 taga etkazib, peshqadam "Lill" bilan oradagi farqni 1 ochkoga etkazib oldi. "Sent-Eten" esa 39 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!