PSJ Kostaga qiziqib qoldi

  • 30.09.2020 19:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Atletiko" forvardi Diego Kosta faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, PSJ 31 yoshli ispaniyalik futbolchini joriy transferlar oynasi yopilguncha sotib olmoqchi. Kosta parijliklar safini tark etgan Edinson Kavani o‘rnini egallashi mumkin.

Diegoga PSJdan tashqari “Benfika” va “Fenerbaxche” klublaridan ham takliflar bor.

Kosta “Atletiko” safida jami 209 ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 82 ta gol hamda 36 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!