
PSJ kurashdan chiqdi
PSJ klubi "Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibalini sotib olish fikridan qaytdi.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga qaraganda, Frantsiya chempioni senegallik uchun A Seriya klubi so‘rayotgan 100 mln evroni to‘lamoqchi emas.
Kulibali joriy mavsum “Napoli” safida 21 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar