PSJ "Liverpul"ga oʻz himoyachisini olib ketishni taklif qildi

  • 11.06.2026 00:52
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiyaning "Pari Sen-Jermen" va Angliyaning "Liverpul" jamoalari Ukraina terma jamoasi himoyachisi Ilya Zabarnining ehtimoliy transferi bo‘yicha muzokara olib bormoqda.

Wilson Cox LFC xabariga ko‘ra, Chempionlar Ligasi g‘oliblari "qizillar"ga 23 yoshli ukrainalik futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga olishni taklif qilgan. Taklifda keyinchalik transferni 58 million yevro evaziga to‘liq rasmiylashtirish shartlari ko‘zda tutilgan.

Zabarnining imkoniyatlari "Liverpul"ning yangi bosh murabbiyi Andoni Iraolaga yaxshi tanish. Chunki Ilya aynan uning qo‘l ostida "Bornmut" tarkibida o‘ynagan, o‘tgan yili esa shu jamoadan PSJga 63 million yevro evaziga o‘tgan edi.

Zabarnij Parij klubi safida jami 37 uchrashuvda maydonga tushib, bir bor gol urdi. Hozircha "Liverpul" ukrainalik himoyachini ijaraga olish taklifini amalga oshirishga tayyormi-yo‘qmi, noma’lumligicha qolmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!