PSJ Mbappe darajasiga chiqadigan yangi hujumchi olyapti

  • 24.05.2022 11:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Parij klubi Frantsiya chempionatida porlagan Ugo Ekitikani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. 19 yoshli hujumchi professional darajadagi debyut mavsumida yorqin o‘yini bilan ko‘plab grand klublar nazariga tushdi.

Jurnalist Adrian Grene, “Pari Sen-Jermen” futbolchi uchun kurashda raqobatchilarini ortda qoldirish maqsadida “Reyms” jamoasiga  45 million evro taklif qilmoqda.

Bu summa “Reyms” darajasidagi klublar uchun juda katta savdo hisoblanadi. Parijliklarning rejasiga ko‘ra, Ugo yozda jamoadan ketadigan Mauro Ikardi o‘rnini egallashi kerak.

Yakunlangan chempionatda 24 ta o‘yinda raqiblar darvozasini o‘n marotaba ishg‘ol qilgan Ekitike oldidan PSJdan tashqari “Nyukasl”, “Manchester Yunayted”, “Roma”, “Bavariya” variantlari ham bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!