PSJ Mbappe o‘rniga “Real”ning eng zo‘r yulduzini oladi

  • 9 noyabr, 2021, 21:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozgi transferlar vaqtida PSJ asosiy hujumchisi Kilian Mbappeni qo‘yib yuborishga majbur bo‘ladi. Yosh to‘purar katta ehtimol bilan “Real”dan qo‘nim topadi. Chunki Kilianning o‘zi anchadan beri madridliklar safida to‘p tepishni orzu qilishini aytib kelmoqda.

Tecno

Parijliklar esa Mbappe o‘rniga Karim Benzemani taklif qilmoqchi. “Real”ning bugungi kundagi eng zo‘r futbolchisi bo‘lib turgan frantsiyalik hujumchi yaqinda klub bilan amaldagi shartnomasini 2023 yilning yozigacha uzaytirgan edi.

Benzema yoshlarga o‘rin bo‘shatish maqsadida “Qirollik klubi”ning uzoq muddatli shartnomasini qabul qilmay, qisqa muddat Madridda qolishga qaror qildi.

PSJ xo‘jayinlari oldida ikkita variant bor. Ular mavsum yakunlanishi bilan Benzemani 25 million evro atrofidagi mablag‘ga sotib olishi mumkin. Agar transferga xarajat qilinmaydigan bo‘lsa, hujumchini yana bir mavsum kutib, shartnomasi tugaganidan keyin jamoaga taklif qilsa bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!