PSJ Mbappe o‘rniga superto‘purar oladigan bo‘ldi

  • 05.09.2021 18:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yozgi transferlar vaqtida Kilian Mbappeni “Real”ga transfer qilishga ko‘nmagan PSJ rahbariyati agar mavsum oxirigacha hujumchini yangi shartnomaga ko‘ndira olmasa, o‘rniga boshqa to‘purar olishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, parijliklar Mbappe ketadigan bo‘lsa, o‘rniga “Borussiya”dan Erling Xolandni olib keladi. PSJ avval ham norvegiyalik futbolchini o‘z safiga chorlagan edi. Biroq, Xoland Frantsiya chempionatida o‘ynashni istamagan. Lionel Messining PSJga o‘tishi vaziyatni o‘zgartirishi mumkin.

Garchi parijliklar moliyaviy imkoniyati boshqa klublarnikidan ancha yuqori bo‘lsa-da, Xolandni olish oson bo‘lmaydi. Chunki norvegiyalik futbolchi ham xuddi Kilian Mbappe singari “Real”da to‘p tepishni orzu qilmoqda.

“Qirollik klubi” esa kelasi yoza Mbappeni erkin agent sifatida qo‘lga kiritib, Erling Xoland uchun xarajat qilishga tayyorligini bildirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Kankret bola
05/09/2021 20:50
Mbappe uchun qasos olarkande real
PSJ sotmi xato qildi manimcha endi bir birini ayashmidi bu klublar