PSJ Mbappega o‘rinbosar topib qo‘ydi. Klub u uchun katta pul to‘lashga tayyor
Frantsiyaning PSJ klubi yangi hujumcgi izlamoqda. Variantlar orasida Rafael Leau mavjud. Klub futbolchini qo‘lga kiritish uchun uning tovon puli, aniqrog‘i, 150 million evroni ham to‘lashga tayyor, deya xabar bermoqda ”Media Foot” nashri.
Portugaliyalik ushbu mavsum barcha chempionatlarda 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 7 ta assist amalga oshirdi.
Ayni vaqtda yosh vingerning transfer qiymati 70 million evroni tashkil etadi.
Fikrlar