PSJ "Monako" futbolchisi uchun kurashadi

  • 26.07.2025 10:52
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

PSJ "Monako" vingeri Magnes Akliushga qiziqish bildirmoqda.

Jurnalist Romain Kolletning xabar berishicha, 23 yoshli futbolchi poytaxt grandining joriy transferlar oynasidagi ustuvor maqsadlaridan biri.Futbolchining o‘zi Luis Enrike jamoasiga o‘tishga tayyor.

"Transfermarkt" Akliushning narxini 45 million evroga baholamoqda. Frantsiyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. O‘tgan mavsumda Magnes "Monako" safida 43 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urgan va 12 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!