PSJ Neymarga APLdan o‘rinbosar topdi
"Kristal Pelas" klubi hujumchisi Uilfrid Zaa PSJning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
The Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra parijliklar 26 yoshli Kot-d’Ivuar terma jamoasi a’zosini jamoadan ketishi kutilayotgan Neymarning o‘rniga munosib futbolchi sifatida qaramoqda.
Ta’kidlash kerakki, bundan avvalroq londonliklar Zaani 110 mln evroga baholashayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Unga dastlab “Manchester Yunayted” va “Arsenal”dan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘lgan edi. Ammo, Zaaning transferi APL grandlari uchun qimmatlik qildi.
Ma’lumot uchun, Zaa o‘tgan mavsum "Kristal Pelas" safida jami 36ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 10ta gol hamda 10ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar imzolangan.

Fikrlar