
PSJ Neymarga superklub topib berdi
PSJ rahbariyati Neymar bilan xayrlashishga tayyor. Parijliklar tarkibni yoshartirish siyosatini boshladi.
Ana shu maqsadda ular katta maosh olayotgan 31 yoshli braziliyalik yulduzdan voz kechishga qaror qilgan.
The Athletic nashrining yozishicha, PSJ Neymarni bu o‘yinchiga avvaldan qiziqish bildirib kelgan “Chelsi”ga transfer qilmoqchi.
“Chelsi”ga bosh murabbiy etib tayinlangan Maurisio Pochettino Parij klubida ishlagan payt Neymarga ustozlik qilgan va uning imkoniyatlarini yaxshi biladi. Qolaversa, London klubi xo‘jayini Todd Byoli Neymar darajasidagi yulduzni olishga qarshi emas.
Fikrlar