PSJ Neymarni 200 mln evroga sotadi. Ammo "Barselona"ga emas
PSJ forvardi Neymar "Barselona"ga qaytishi deyarli imkonsiz, - deb xabar bermoqda Marca.
Ma’lum bo‘lishicha Neymar ushbu yozda Parij klubini tark etadi. U messi bilan birga o‘ynashni istaydi.
Parijliklar prezidenti Nossir Al-Xellayfi ketishni istayotgan futbolchini jamoada ushlab turishdan foyda yo‘q deb hisoblamoqda. Shuning uchun, jamoa Neymar "Barselona"dan boshqa har qanday klubga sotishga tayyor.
PSJ "Barsa"ning bir qator takliflarini rad etdi. "Ko‘k-anorranglilar" futbolchining transferiga umidsizlik bilan qarashmoqda.
Frantsiyaliklar futbolchi transferini 300 mln evro etib belgilashgan edi. Biroq yaqindagina bu summani 200 mlngacha tushirib qo‘yishdi. Faqat bu "Barselona"ga tegishli bo‘lmagan miqdordagi ko‘rsatkich.

Fikrlar