
PSJ oltita katta transferni e’lon qiladi
Tez orada PSJ rahbariyati yozgi transferlar vaqtida klubga olib kelingan olti nafar futbolchi transferi haqida e’lon qiladi.
Bu ma’lumotni taniqlik insayder Fabritsio Romano tarqatdi.
Manbaning ta’kidlashicha, parijliklar shu kunlarda Lyuka Ernandes (“Bavariya” 45 million evro), Manuel Ugarte (“Sporting” 60 million evro), Kan-In Li (“Malorka” 22 million evro), Marko Asensio (“Real” erkin agenta) Milan Shkrinyar (“Inter” erkin agent) va Cher N'Dur (“Benfika” erkin agent) kabi futbolchilarni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, Parij klubi xo‘jayinlari jamoaning yangi bosh murabbiyi Luis Enrikeni ham ommaga tanishtiradi. Bu mutaxassis o‘tgan yilning oxirida Ispaniya terma jamoasidan ketganidan keyin ishsiz yurgan edi.
Fikrlar