PSJ prezidenti Superliga haqida gapirdi

  • 23 iyun, 2022, 11:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ klubi prezidenti Nosir Al-Xelayfiy Evropa Superligasi haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Menimcha, Evropa Superligasi g‘oyasi allaqachon o‘lgan. Men Chempionlar ligasida haqli ravishda g‘alaba qozongan "Real"ning pozitsiyasidan hayratdaman, lekin ular unda o‘ynashni xohlashmayapti. Agar sizga turnir yoqmasa, unda o‘sha turnirda ishtirok etmasligingiz kerak. Chempionlar ligasi – dunyodagi eng yaxshi musobaqa. Nega ispaniyalik muxlislar unga qarshi chiqishayotganini bilmayman. Superliganing hech qanday istiqbolini ko‘rmayapman”, — dedi Al- Xelayfi.

Eslatib o‘tamiz, dastlab Superligaga taklifini 12 ta klub qo‘llab-quvvatlagan va unga qo‘shilgan edi. Ammo keyin UEFA, muxlislar va ayrim davlatlar rahbarlarining bosimi ostida to‘qqizta klub loyihani tark etdi. Ayni damda Superligada faqat "Real", "Barselona" va "Yuventus" klublari bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!