PSJ prezidenti va murabbiyi futbolchilarga jiddiy murojaat qildi!

  • 8 avgust, 01:37
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ prezidenti Nosir Al-Xelayfi payshanba kuni jamoaning mashg‘ulot bazasiga tashrif buyurib, futbolchilar bilan uchrashdi hamda yangi mavsum arafasida ularga murojaat yo‘lladi.

Tecno

"Bizga qarshi hamma tayyorlanadi. Har bir jamoa bizga qarshi g‘alaba qozonishni istaydi, chunki biz — Evropaning amaldagi chempionlarimiz. Biz har bir musobaqani yutmoqqa intilishimiz kerak", — dedi Al-Xelayfi.

Futbolchilarga jamoa bosh murabbiyi Luis Enrike ham so‘zladi:

"Bu yil biz yanada kuchliroq bo‘lamiz. Bu esa kelasi haftadan boshlanadi", — deya o‘z fikrini bildirib o‘tdi ispaniyalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, PSJ yangi mavsumdagi ilk rasmiy o‘yinini 13 avgust kuni "Tottenxem"ga qarshi o‘tkazadi — UEFA Superkubogi uchun bahs. Frantsiya ligasida esa parijliklar 17 avgust kuni "Nant"ga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!