PSJ raqibning asosiy yulduzi bilan kelishuvga erishdi

  • 07.07.2026 09:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiya chempionati va UEFA Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi PSJ klubi «Monako» jamoasi vingeri Magnes Akliush bilan shaxsiy shartnoma borasida to‘liq kelishuvga erishdi. 

Bu haqida RMC Sport jurnalisti Fabris Hokins xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar besh yillik shartnoma yuzasidan kelishib olgan. Endi parijliklar 24 yoshli futbolchini transfer qilish masalasida «Monako» bilan muzokara olib bormoqda.

Akliush «Monako» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra, fransuz vingerining transfer qiymati 50 million yevro atrofida.

O‘tgan mavsumda Akliush «Monako» safida barcha musobaqalar doirasida 43 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!