PSJ "Real" futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
"Real" himoyachisi Antonio Ryudiger faoliyatini boshqa jamoa safida davom ettirishi mumkin. Bu haqda "El Nacional" nashri xabar bermoqda.
Manbada berilgan ma’lumotga ko‘ra, ayni vaqtda germaniyalik futbolchining xizmatlariga PSJ qiziqish bildirmoqda. Parijliklar Ryudigerni o‘z safiga qo‘shib olish uchun moliyaviy qudratidan foydalanmoqchi. Frantsuz klubi Antonioni "qirollik klubi"dan ketishga ko‘ndirish maqsadida juda foydali shartnoma taklif qilishni rejalashtirgan. Bu transfer katta ehtimol yozda amalga oshishi mumkin.
32 yoshli futbolchining madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga etadi. Uning hozirda transfer bozoridagi narxi 12 million evroni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, Ryudiger joriy mavsum Xabi Alonso qo‘l ostida 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Fikrlar