PSJ “Chelsi”dan superhujumchi kutyapti

  • 24.01.2023 14:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ rahbariyati muntazam jamoa hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun  “Chelsi” futbolchisi Kay Xavertsni transfer qilmoqchi.

Parijliklar Pablo Sarabiyani “Vulverxempton”ga berganidan keyin uning o‘rnini 23 yoshli germaniyalik forvard egallashini istayapti.

Angliya Premer-ligasida uchinchi mavsumini o‘tkazayotgan Kay Xaverts o‘z salohiyatini to‘liq ocha olgani yo‘q. Bundesligada ko‘p gol urgan hujumchi Angliya futboliga etarli darajada moslasha olmadi.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Chelsi” 70 million evro atrofidagi mablag‘ evaziga Xavertsni qo‘yib yuborishga tayyor.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!