
PSJ superhujumchidan voz kechishga qaror qildi
Frantsiya chempionlari yozda katta umidlar bilan Usmon Dembeleni o‘z safiga qo‘shib olgan edi. PSJ 26 yoshli hujumchi uchun “Barselona”ga 50 million evro to‘lagan.
Ma’lumotlarga qaraganda, klub mutasaddilari transfer o‘zini oqlashiga ishonmayapti. Bu Dembelening sermahsul o‘yin ko‘rsata olmayotgani bilan bog‘liq. Frantsiyalik o‘yinchi dastlabki 18 ta uchrashuvda atigi bitta gol urdi.
TodoFichajes nashri tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, PSJ Angliya Premer-ligasidan bo‘ladigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
Ayni paytda “Nyukasl”, “Arsenal”, “Chelsi” kabi klublar Usmon Dembeleni transfer qilishni rejalashtirmoqda.
Transfermarkt portali Usmon Dembeleni 60 million evroga baholayapti.
Fikrlar