
PSJ tez orada Messi haqida muhim xabarni e’lon qiladi
Argentina milliy terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi yana bir necha yil Parijda qolishi mumkin.
Xabarlarga ko‘ra, "Pari Sen-Jermen" tez orada o‘z yulduzi bilan shartnoma yangilanganini e’lon qiladi. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi bitim iyun oyida yakuniga etadi.
Shu bois, parijliklar Messi bilan iloji boricha tezroq kelishmoqchi. Katta ehtimol bilan, u 2024 yilgacha Frantsiya chempionatida harakat qiladi.
35 yoshli pleymeyker joriy mavsum parijliklar tarkibida 19 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 12 gol va 14 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar