PSJ uzoq kutilgan transferni e’lon qildi
"Inter" himoyachisi Ashraf Hakimi rasman PSJ a’zosiga aylandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Parij klubi marokashlik futbolchi bilan 2026 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. 22 yoshli Ashrafning transferi parijliklarga 60 million evroga tushdi.
Ma’lumot uchun, Hakimi o‘tgan mavsum A Seriyada jami 37 ta o‘yin o‘tkazdi. U ushbu uchrashuvlarda o‘z hisobiga 7 ta gol hamda 8 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygandi.
Fikrlar