PSJ Xames uchun "Real"ga 42 mln evro to‘lashga tayyor
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Xames Rodriges faoliyatini Frantsiyada davom ettirishi mumkin.
Football-Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 27 yoshli kolumbiyalik futbolchiga PSJ jiddiy qiziqib qolgan. Parijliklar uning uchun “qirollik klubi”ga 42 mln evro to‘lashga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Xames uchun shuningdek "Atletiko", "Napoli" va "Manchester Yunayted" klublari ham jiddiy kurash olib borishmoqda.
Fikrlar