PSJ Xoland uchun dahshatli summa to‘lamoqchi
PSJ shu yozdayoq Dortmundning "Borussiya"sidan Erling Xolandni sotib olmoqchi.
ESPN nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, parijliklar Xoland uchun 200 million evro narx etarli, deb hisoblamoqda. Klub ushbu summa berilgan taqdirda, dortmundliklar hech ikkilanishsiz futbolchini qo‘yib yuborishiga ishonmoqda.
Shuningdek, norvegiyalikning maoshi va agent Mino Rayolaning ish haqi ham ancha yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Shunga qaramay, Parij klubida barchasi uchun mablag‘ etarli. Ayni paytda Xolandning tovon puli 75 million evroga teng.
21 yoshli Xoland joriy mavsum Bundesliganing 3 uchrashuvida 3 tadan gol va assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. "Asalarilar" tarkibida esa, umumiy hisobda 64 o‘yinda 63 bor raqib darvozasini ishg‘ol etgan.

Fikrlar