PSJda tozalash boshlandi. Pochettino birinchi kimlar ketishini aytdi

  • 8 yanvar, 2021, 09:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

PSJ rahbariyati Yulian Drakslerni transferga qo‘ydi.

Germaniyalik futbolchining o‘zi klubdan ketishni istamayapti. Uning shartnomasi yarim yildan so‘ng yakunlanishiga qaramay, parijliklar uni qish ichi sotib yubormoqchi.

Hozir jamoa sport direktori Leonardo yangi bosh murabbiy Maurisio Pochettino bilan keyingi hafta bo‘ladigan uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bo‘lajak yig‘ilishda rahbariyat klubning transfer siyosatini kelishib olmoqchi.

PSJ Yulian Drakslerdan tashqari yana bir yarim himoyachi – Leandro Paredesni ham jamoadan ketkazib yuboradi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!