PSJdan ochko tortib olgan "Lill" Frantsiya chempionati peshqadamiga aylanib oldi
Frantsiya chempionati 16-turida "Lill" PSJni qabul qilib, nursiz durangga imzo chekdi.
O‘yinni etakchi hujumchilarsiz boshlagan parijliklar "Lill"ga etarlicha xavf tug‘dira olmadi. Mezbonlar himoyachilari raqibga darvoza tomon aniq zarba berish imkoniyatini qoldirishmadi. PSJ darvozaboni Keylor Navas esa bir qancha seyvlari bilan jamoasining durang natijasi qayd etishiga ko‘maklashdi.
Liga 1 16-turidan so‘ng "Lill" 33 ochko bilan turnir jadvalida 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi, PSJ esa 32 ochko to‘plab 3-o‘rinda qoldi.
O‘yin saytimiz orqali matnli translyatsiya qilindi.
Fikrlar