
PSJga o‘tishga rozi bo‘lgan Dembele "Barsa"ni qaqshatib ketmoqda
"Barselona" hujumchisi Usmon Dembele PSJga o‘tishga rozi bo‘ldi.
Jurnalist Santi Auna xabariga ko‘ra, Kataloniya klubi vingeri parijliklar bilan 2028 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma borasida kelishib olgan. Qayd etilishicha, PSJ transfer uchun 50 million evro to‘laydi. Ushbu summaning yarmi futbolchining o‘ziga tushadi.
Frantsiyalik hujumchi 2017 yildan buyon "Barselona"da o‘ynab kelmoqda. U Dortmundning "Borussiya"sidan 105 million evro evaziga ko‘chib o‘tgandi.
Fikrlar