Pogba pulni tanlaydimi yoki sovrinni?

  • 5 may, 2022, 13:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogba mavsum yakunlanishi bilan erkin agent sifatida bu jamoani tark etishi aytilmoqda.

Tecno

Frantsiyalik yulduzga da’vogar bo‘layotgan PSJ, “Real” va “Yuventus” qatoriga dunyoning eng badavlat homiyga ega klubi – “Nyukasl” ham qo‘shildi. Bu klub xo‘jayinlari 29 yoshli futbolchiga haftasiga 350 ming funt to‘lashni va’da qilmoqda.

Qolgan jamoalar maosh borasida nyukaslliklar bilan raqobatlasha olmaydi.

Tanlov Pogbaning o‘ziga bog‘liq. Avvalroq, Pol domiy tarzda Chempionlar ligasida qatnashadigan qudratli jamoaga o‘tish istagida ekanini bildirgan. PSJ, “Yuventus” va “Real”dan farqli ravishda “Nyukasl” qit’aning eng nufuzli turnirida qatnashmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!