
Pulishich: Biz jahon chempionatida g‘alaba qozona olamiz
“Chelsi” klubi va AQSh terma jamoasi yarim himoyachisi Kristin Pulishich terma jamoasining JCh-2022dagi g‘alabasiga ishonishini aytdi.
Pulishichning aytishicha, AQSh jahon chempionatiga g‘alaba qozonish maqsadi bilan boradi. Futbolchining so‘zlariga ko‘ra, AQSh bo‘lajak jahon chempionatida o‘zining eng yaxshi natijasiga erisha oladi. Pulishichning fikricha, agar biror narsaga ishonsangiz, bu sodir bo‘lishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Qatarda bo‘lib o‘tadigan mundial joriy yilningg 12 noyabridan 12 dekabriga qadar bo‘lib o‘tadi. AQSh musobaqaning guruh bosqichida Angliya, Uels va Eron bilan bir guruhda bahs olib boradi.
Fikrlar