Puyol Neymarning yana "Barselona"ga qaytishi borasida nimalar dedi?
"Barselona" klubi afsonalaridan biri Karles Puyol PSJ forvardi Neymarning yana kataloniyaliklar safiga qaytishi borasida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.
“Agar Neymar jamoaga kerak bo‘lsa, u holda o‘tmishni eslash kerak emas. U – zo‘r futbolchi, o‘yinda burilish qila oladi. Neymar so‘nggi ikki yilda jarohatlar sabab yaxshi formaga kira olmayapti. Ammo, u “Barselona”da yana o‘zining avvalgi formasini tiklab olishi mumkin”, - deydi Puyol.
Eslatib o‘tamiz, Neymar 2014-2017 yillarda “Barselona” sharafini himoya qilgan. Keyin esa 222 mln evro evaziga PSJga ko‘chib o‘tdi.

Fikrlar