
Pyanich Fayzullaevga “Barsa”ga o‘tish yo‘lini o‘rgatdi
Keyingi paytda O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumkor futbolchisi Abbosbek Fayzullaev Evropaning top-ligalariga o‘tish imkoniyati yana keng muhokama qilina boshladi.
Ayniqsa, Pro Sports Management promouterlik kompaniyasi rahbari German Tkachenko TsSKAda o‘ynayotgan o‘zbek futbolchisining Evropaga ketadigan davri kelgani va ular Fayzullaevning faqat top-ligalarga yo‘l olishi bo‘yicha ish yuritayotganini aytganidan keyin bu mavzu yanada kuchaydi.
Hozir TsSKA safida o‘z davrida Evropaning qudratli klublari, xususan, “Barselona”da porlagan Miralem Pyanich Abbosbe Fayzullaev bilan elkama-elka to‘p tepmoqda. Jurnalistlar futbol yulduzidan Abbosbek Fayzullaevga baho berish va darajasini baholashni so‘radi.
- Ortimga qarab, men o‘z faoliyatimdan faxranishim mumkin. Frantsiyada “Mets” va “Lion” , Italiyada “Roma” va “Yuventus”, dunyoga mashhur “Barselona”da shynadim. Turkiya va Birlashgan Arab Amirliklaridan keyin Rossiyaga kelib, ajobiy jamoa – TsSKAga qo‘shildim.
TsSKAdagi asosiy vazifam – jamoaga maksimal foyda keltirish. Tajribam, futbolchi sifatidagi mahoratim va bilimlari jamoaga yordam beryapti, deb umid qilaman. Bu erda fantastik kollektiv jamlangan.
TsSKA o‘yinchilaridan Abbosbek Fayzullaev o‘zida bir qator futbol sifatlarini jamlagan. Oldinga tashlayotgan qadamlaridan avval, hozirgacha nimalarga erishganiga e’tibor qarataylik. Mana shunday navqiron yoshda qo‘lga kiritgan natijalari uchun yurishini qaerdan boshlagan edi?
Fayzullaev muntazam o‘syapti, uning mentaliteti to‘g‘ri shakllangan, futbolchi yaxshi ko‘radi va to‘p tepishdan rohat oladi.
Agar Abbos “Barselona”ga qo‘shilishni istasa, demak, orzusi amalga oshishiga ishonishi va maqsadi sari to‘xtamay intilishi shart. Bu mashaqqatli va uzoq yo‘l, biroq hech qachon intilishdan to‘xtamaslik va ortga chekinmaslik kerak.
Har kuni jiddiy mehnat qilish, mashg‘ulotlarda ter to‘kish, o‘yinlardan borini berish, har jihatdan eng zo‘ri bo‘lishga intilishi lozim. Muvaffaqiyatga erishishning boshqa yo‘li yo‘q.
Eng muhimi – o‘zini chegaralamaslik kerak, hamma narsani uddalashga qodirligiga ishonishning ahamiyati juda katta. Men Abbosni juda yorqin kelajak kutayotganiga aminman, - dedi Miralem Pyanich.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning avgustida “Paxtakor”dan TsSKA ko‘chib o‘tgan Abbosbek Fayzullaev bir necha bor orzusi “Barselona”da o‘ynash va futboldagi kumiri Lionel Messi ekanini aytib o‘tgan. Shuningdek, aksariyat mutaxassislarning aksariyati ham o‘zbek futbolchisi o‘yin uslubi jihatidan ispan futboliga mos ekanini ta’kidlagan.
Fayzullaev TsSKAga ksib o‘tganidan beri “armiyachilar” safida barcha turnirlarda 60 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini sakkiz marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga 21 ta golli pas uzatdi.
21 yoshli legionerimizning Rossiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha davom etadi. Transfermarkt portali Fayzullaevning transfer summasini 8 million evroga baholamoqda.
“Manchester Yunayted” afsonasi Roy Kin Husanovni kelajakda nimalar kutayotganini aytdi
Gvardiola nega Husanovni o‘ynatmay qo‘ydi?
Agent Fayzullaev Evropaga qachon ketishini aytdi. Manzil faqat TOP-LIGA!
Husanov “Manchester Siti” tarkibiga kiritilmagani asl sababi aniq bo‘ldi
Fayzullaevning “Benfika”ga transferi barbod bo‘lgan. Sababi aniq...
Fikrlar