"Qatar Masters". Esipenko 25 ming, Ergaisi 15 ming dollar qo‘lga kiritdi. Abdusattorovchi?

  • 13 dekabr, 2024, 13:00
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

2-12-dekabr kunlari Qatarning Doha shahrida "Qatar Masters"  turniri bo‘lib o‘tdi. Mukofot jamg‘armasi 94200 AQSh dollarini tashkil etgan turnir formatiga ko‘ra, ishtirokchilar 9 tur davomida g‘oliblik uchun kurash olib borishadi. Vaqt nazorati esa klassik tarzda o‘tdi.

Tecno

Musobaqada umumiy 53 nafar (15 nafari Open A, 38 nafari Open B guruhida) o‘zbekistonlik shaxmatchilarimiz ishtirok etishdi.

"Qatar Masters" shaxmat turnirida rossiyalik grossmeyster Andrey Esipenko g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Esipenko 9 turdan 7,5 ochko to‘plab, musobaqada birinchi o‘rinni egalladi. Uchinchi o‘rinni 7 ochko bilan hamyurtimiz  Nodirbek Abdusattorov egalladi.

Abdusattorovdan keyingi o‘zbektonliklar orasida ikkinchi eng yaxshi natijani Abdumalik Abdusalimov qayd etdi. 22 yoshli grossmeyster 6 ochko bilan 8-o‘rindan joy oldi. Olti ochkoga ega Nodirbek Yakubboev  qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra 18-o‘rinni band etdi.

FIDE bayrog‘i ostida o‘ynagan holda chempionlikni qo‘lga kiritgan Andrey Esipenko 25 ming, Arjun Ergaisi 15 ming, Nodirbek Abdusattorov esa 10 ming AQSh dollari miqdoridagi mukofot pulini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!