Qilichbozlik. Qizlarimiz Osiyo chempionatida ikkinchi o‘rinni egalladi!

Indoneziyada qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi qit’a birinchiligi davom etadi. Jamoaviy dasturda o‘tkazilayotgan bellashuvlarda hamyurtlarimiz navbatdagi kumush medalni qo‘lga kiritishdi.

Sablya bo‘yicha qizlar o‘rtasida kechgan bahslarda yurtdoshlarimiz saralashda Avstraliya va Qozog‘iston vakillarini mag‘lubiyatga uchratishdi. Biroq finalda xitoylik sportchilarga imkoniyatni boy berib, kumush medalga ega chiqishdi.

Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!