Qilichbozlik. Toshkentda qilichbozlik bo‘yicha mamlakat chempionati boshlandi

  • 30.04.2023 11:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Poytaxtimizda qilichbozlik bo‘yicha kattalar o‘rtasida navbatdagi O‘zbekiston chempionatiga start berildi. Unda Respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan qilichbozlar g‘oliblik uchun jang olib borishmoqda. Reglamentga ko‘ra, bugun shpaga qurolida yakkalik yo‘nalishida g‘olib va sovrindorlar aniqlab olinadi. Shundan so‘ng ushbu qurolda jamoaviy yo‘nalishda kuchlilar aniqlanadi.

Musobaqaning uchinchi kunida sablyachilar bahsga kirishishadi. Qayd etish joiz, ayni paytda ushbu yo‘nalishdagi terma jamoamizning asosiy vakillari Koreyada bo‘lib turishibdi. Afsuski, Seulda yakunlanayotgan Gran-pri turnirida hamyurtlarimiz sovrindorlar qatoridan joy olisholmadi. Mazkur turnirda qatnashgan sportchilar Toshkentga qaytib kelishlari bilan mamlakat chempionatida bahslarga kirishadilar. Bu yilgi O‘zbekiston chempionatini rapirachilar yakunlab berishadi.

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!