Qilichbozlik. Zaynab Dayibekova – Osiyo chempioni

  • 19 iyun, 2023, 16:14
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Xitoyning Usi shahrida o‘tayotgan qilichbozlik bo‘yicha Osiyo chempionatidan xushxabar. Ayollar o‘rtasida sablya yo‘nalishida kechgan bahslarda hamyurtimiz Zaynab Dayibekova oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Tecno

Pley-off bosqichida ikkinchi saralangan sportchi sifatida harakat qilgan Dayibekova saralashda Vetnam, Xitoy, Avstraliya vakillarini, yarim finalda hindistonlik Bxavani Chadalavadani, finalda esa uch karra jahon chempionati sovrindori, Tokio-2020 Olimpiadasi bronza medali sohibi janubiy koreyalik Jisu Yunni mag‘lubiyatga uchratdi.

Bu qoraqalpog‘istonlik sportchimizning kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatlarida qo‘lga kiritgan birinchi oltin medali!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!