
"Qizilqum" himoyachisi klubdan ketdi
"Qizilqum" futbolchisi Vladislav Kasminin jamoani tark etdi.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, navoiyliklar himoyachiga yangi shartnoma taklif qilgan, biroq kelishuvning moliyaviy tomoni futbolchini qoniqtirmagan. Shu sababli, 31 yoshli Kasminin o‘ziga boshqa klub topmoqchi.
Tajribali himoyachi o‘tgan mavsum Superligada 11 o‘yinda maydonga tushib, 1 tadan gol va assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.
Voqealar rivojini biz bilan kuzatib boring!
Fikrlar