"Qizilqum" "Nasaf"ni yutolmayapti. Aliqulov bu yoqimsiz an’anaga chek qo‘ya oladimi?

  • 30 mart, 2023, 11:50
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA kunlaridan so‘ng Superliga yana qaytmoqda. “Nasaf” jamoasi esa navbatdagi turda Navoiyga safar qiladi. Bellashuv 1 aprel kuni soat 18:15 da bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Quyida jamoalarning hozirgacha o‘tkazgan uchrashuvlari haqidagi statistik ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin:

Jamoalar O‘zbekiston chempionatida shu vaqtga qadar 48 bor ro‘baro‘ kelishgan. Bo‘lib o‘tgan 30 uchrashuvda «ajdarlar», 7 o‘yinda esa navoiyliklar zafar quchishgan. 11 uchrashuvda esa durang natija qayd etilgan.

To‘plar nisbati 93:48. Ustunlik qarshiliklar tarafida.

O‘zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yuqori hisoblar quyidagicha:  «Qizilqum» – «Nasaf» 3:1, «Nasaf» — «Qizilqum» 7:1.

Jamoalar so‘nggi o‘zaro uchrashuvni 2022 yili 19 oktyabr kuni Navoiyda o‘tkazgan. Bu uchrashuv 1:2 hisobida “Nasaf”ning g‘alabasi bilan yakunlangan.

E’tiboringizga, jamoalar ishtirokidagi so‘nggi besh uchrashuvning natijalarini havola qilamiz:

19.10.2022 y. Qizilqum - Nasaf - 1:2

17.05.2022 y. Nasaf - Qizilqum - 5:0

16.09.2021 y. Nasaf - Qizilqum - 2:1

10.04.2021 y. Qizilqum - Nasaf - 1:2

10.09.2020 y. Nasaf - Qizilqum - 4:0

«Nasaf» futbol klubi matbuot xizmati.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!