"Qizilqum" Tojikiston terma jamoasi a’zosi bilan shartnoma imzoladi
Yangi mavsumga qizg‘in mashg‘ulotlarni olib borayotgan "Qizilqum" Alisher Shukurov bilan shartnomani imzolaganini e’lon qildi.
Tojikiston terma jamoasi a’zosi, markaziy yarim himoyachi hisoblangan Shukurov endilikda navoiyliklar sharafini himoya qiladi. Futbolchi bilan klub rahbariyati o‘rtasida bir yillik shartnoma imzolandi.
Ma’lumot o‘rnida, Alisher "Xo‘jand" (Tojikiston), "Tyumen" (Rossiya), "Dinamo Tbilisi" (Gruziya) kabi jamoalarda ham harakat qilgan.
Fikrlar