“Qizilqum” ustozidan PFLga taklif
Xabaringiz bor yangi mavsumdan boshlab Professional futbol ligasi o‘yinlar sonini ko‘paytirish maqsadida Liga kubogi musobaqasini ham joriy etdi. “Qizilqum” ustozi Hamidjon Aktamov esa ushbu yangi musobaqaga e’tibor va qiziqishni oshirish uchun o‘rtaga Osiyo Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘yish kerakligi haqida o‘z taklifini bildirib o‘tdi.
- Mening PFLga taklifim bor. Endi bizda O‘zbekiston Kubogi va Liga Kubogi musobaqalari o‘tkaziladi. Ushbu Kuboklarni qo‘lga kiritgan ikkita jamoa o‘zaro bir-biri bilan o‘ynab, g‘olib bo‘lgan klubga Osiyo Chempionlar ligasi yo‘llanmasi berilish masalasini ko‘rib chiqishsa yaxshi bo‘lardi. Bu bilan Liga Kubogining nufuzini oshirishga katta xizmat qilgan bo‘ladi. Natijada ikkala Kubok bahslariga bo‘lgan qiziqish va saviya ham yanada ortadi. Menga kimdir bu haqida maslahat bergani yo‘q, hammasini o‘zim o‘ylab chiqdim. Liga Kubogining obro‘sini oshirishning yagona yo‘li shu deb o‘ylayman. Mazkur masala bo‘yicha PFLga xat bilan ham murojaat qilmoqchi bo‘lib turibman.
Tajribali mutaxassis bilan uyushtirilgan suhbatning to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishib olishingiz mumkin>>>
Fikrlar