"Qizilqum" yana 3 transferni e’lon qildi. Ro‘yxatda nomdor futbolchilar bor

  • 27 yanvar, 2022, 12:01
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qishki transfer oynasi o‘rtalariga kelib ancha faollashgan "Qizilqum" Bobur Yo‘ldoshev va Shuhrat Muhammadiev transferini e’lon qilgan edi.

Tecno

Navoiyliklar o‘z tarkibini yana 3 futbolchi bilan kuchaytirganini ma’lum qildi. O‘zbekistonning 3 karra chempioni, faoliyati davomida Tailandning “Trenganu” va Qatarning “Al Sayliya” jamoalarida to‘p surgan hamda jamoalarning asosiy futbochisiga aylana olgan, tajribali yarimhimoyachi Sanjar Shoahmedov yangi mavsumni “Qizilqum” jamoasida boshlaydi.

Sanjar Shoahmedov xaqida qisqacha ma’lumot:

Ismi sharifi: Sanjar Shoahmedov
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Tug‘ilgan sana: 23.09.1990 y
Millati: o‘zbek
Amplua: yarim himoyachi

Sanjar Shoahmedov to‘p surgan jamoalar: AGMK, “Lokomotiv”, “Al Sayliya” (Qatar), “Trenganu” (Tailand).

“Mash’al” akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan, O‘zbekiston terma jamoasiga doimiy nomzod, faoliyati davomida Muborakning “Mash’al”, Bekobodning “Metallurg”, Toshkentning “Lokomotiv” jamoalarida o‘zining mahoratini ko‘rsata olgan, mahoratli darvozabon Javohir Ilyosov boshlanadigan mavsumni “Qizilqum” jamoasi safida boshlaydi.

Javohir Ilyosov xaqida qisqacha ma’lumot:

Ismi sharifi: Javohir Ilyosov
Tug‘ilgan joyi: Chiroqchi, Qashqadaryo
Tug‘ilgan sana: 06.02.1994 y
Millati: o‘zbek
Amplua: darvozabon

Javohir Ilyosov to‘p surgan jamoalar: “Mash’al”, “Metallurg”, “Lokomotiv”.

Toshkentning “Oq-tepa” klubida tanilgan, “Zomin” va Yaypanning “Turon” jamoalarida ham o‘z o‘yinlarini o‘tkazgan, Pro-ligada bir necha bor to‘purar bo‘lgan Orifxo‘ja Abduxoliqov yangi mavsumni “Qizilqum” jamoasi safida boshlaydi.

Orifxo‘ja Abdxoliqov xaqida qisqacha ma’lumot:

Ismi sharifi: Orifxo‘ja Abduxoliqov
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Tug‘ilgan sana: 21.02.1995 y
Millati: o‘zbek
Amplua: hujumchi

Orifxo‘ja Abduxoliqov to‘p surgan jamoalar: “Oqtepa”, “Zomin”, “Turon”.

“Qizilqum” klubi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!