"Qizilqum"ni ikki nafar o‘yinchi tark etdi

  • 9 iyul, 2024, 17:22
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Navoiyning “Qizilqum” klubi rasman ikki futbolchi bilan xayrlashdi. Bular – Shahboz Jo‘rabekov va Sherzod Fayziev.

Tecno

Oldinroq Sports.uz sayti orqali Jo‘rabekovning jamoadan ketayotgani haqida xabar berib o‘tgandik. O‘zPFL esa yuqoridagi ikki futbolchini “Qizilqum” bilan xayrlashganini e’lon qildi.

Birinchi davrada Fayziev navoiyliklar safida chempionatda 8 ta, Kubokda 2 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Jo‘rabekov esa Superligada 13 ta bahsda maydonga tushib 2 ta gol urdi, Kubok doirasida 2 ta o‘yinda ishtirok etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Mahmud Ttww
09/07/2024 17:41
Шахбоз Жиззахга қайтса яхши бўларди.