"Qo‘qon-1912" - "Navbahor" uchrashuviga oid muhim raqamlar
Superliganing 13-turidan o‘rin olgan bahsda Namanganning “Navbahor” klubi safarda Qo‘qonning “Qo‘qon-1912” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. "Navbahor" klubi matbuot xizmati o‘yinga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.
Milliy chempionatlarimiz tarixida ushbu klublar shu kungacha jami 30 marta bir-birlariga ro‘baro‘ kelishgan. Ustunlik “Navbahor” tomonida – 16 ta g‘alaba. Qo‘qonliklar 7 ta o‘yinda zafar quchishgan bo‘lsa, 7 ta uchrashuvda jamoalar durangga imzo chekishgan. To‘plar farqidagi ustunlik “lochinlar” tomonida: 56-32. Namanganliklar o‘zaro o‘yinlarda 55, qo‘qonliklar esa esa 28 ochkoni qo‘lga kiritishgan.
Ushbu klublar o‘rtasidagi bahslarda eng yirik hisob 2 marta qayd etilgan. “Navbahor” 2003 va 2016 yillar mavsumining Namanganda o‘tkazilgan bahslarida “Qo‘qon - 1912”ni 5:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan.
Mazkur jamoalarning shu kungacha Qo‘qonda bo‘lib o‘tgan 15 ta bahsidan 6 tasida mezbonlar g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, 4 ta o‘yinda namanganliklar zafar quchishgan, 5 ta uchrashuvda esa durang natija qayd etilgan. To‘plar farqida ham tenglik – 17:17.
Ushbu klublarning o‘tgan yili Qo‘qonda o‘tkazilgan bahsida durang 1:1 hisobi qayd etilgandi. O‘shanda qo‘qonliklarning goliga ayni paytda “Navbahor” sharafini himoya qilayotgan yarim himoyachi Quvondiq Ro‘ziev, “lochinlar”ning goliga esa Azimjon Ahmedov mualliflik qilgandi.


Fikrlar