
"Qo‘qon-1912" jamoasi qisqa muddatli ta’tilga chiqdi
Yaqinda O‘zPFL sayti orqali "Nasaf" klubining OFK Kubogi finaliga yo‘l olgani uchun qarshiliklarning Superligadagi ayrim o‘yinlari sanalari o‘zgarishi haqida xabar berilgandi.
"Qo‘qon-1912" matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Coca Cola Superliganing navbatdagi 24-tur uchrashuvini Qarshining “Nasaf” jamoasi bilan o‘tkazishi lozim bo‘lgan “shunqorlar” qisqa muddatli ta’tilga chiqishdi.
7 noyabr kuni Qarshi shahrida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan bahs noma’lum muddatga qoldirilgan. Sababi, “Nasaf” jamoasi 5 noyabr kuni Bahrayn mamlakatida bo‘lib o‘tadigan OFK Kubogining final uchrashuvida maydonga tushadi, deyiladi klub matbuot xizmatining xabarida.
Fikrlar