"Qo‘qon-1912" Moldova klubiga minimal hisobda mag‘lub bo‘ldi
2026 yilgi mavsumga tayyorgarlikni Turkiyada davom ettirayotgan "Qo‘qon-1912" klubi navbatdagi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Bu galgi raqib Moldovaning "Milsami" klubi bo‘ldi. Uchrashuvda qo‘qonliklar bosh murabbiyi asosan yetakchi futbolchilar xizmatidan foydalandi. Uchrashuvning 45-daqiqasida raqiblar hisobni ochdi. "Qo‘qon-1912" futbolchilari qancha harakat qilmasin raqib darvozasini ishg‘ol qilishning uddasidan chiqa olmadi va minimal hisobda mag‘lub bo‘ldi 0:1.
Fikrlar